Jurnalga Crossref DOI ulash
DOI har maqolaning doimiy raqamli manzili. Crossref'ga a'zolik arizasini topshiramiz va saytingizni DOI bilan ishlashga sozlaymiz.
Crossref membership uchun ariza
3 mln so'm
DOI ni OJS saytiga ulash
2 mln so'm
Domen, hosting, davlat boji va Crossref kabi uchinchi tomon to'lovlari narxga kirmaydi.
Nimalar kiradi
Crossref membership uchun ariza
3 mln so'm
Jurnal yoki nashriyotni Crossref tizimiga a'zo qilish uchun ariza tayyorlash va topshirish bo'yicha xizmat.
- Jurnal va nashriyot ma'lumotlarini dastlabki tahlil qilish
- Membership uchun talab qilinadigan ma'lumotlarni shakllantirish
- Arizani to'ldirishga tayyorlash
- Texnik va tashkiliy ma'lumotlar bo'yicha ko'mak
- Crossref'ga membership arizasini yuborish
Yana 2 ta ish kiradiQisqartirish
- Qo'shimcha ma'lumot so'ralganda javob tayyorlashga yordam
- Jarayonni ariza bosqichida kuzatib borish
Tarifga kirmaydi: Crossref membership va DOI registratsiyasi uchun Crossref to'lovlari; bank va konvertatsiya xarajatlari. Membership tasdiqlanishi bo'yicha yakuniy qarorni Crossref qabul qiladi.
Crossref / DOI tizimini OJS saytiga ulash
2 mln so'm
Crossref membership mavjud bo'lgan jurnalning OJS platformasini DOI bilan ishlashga texnik tayyorlash va Crossref bilan integratsiya qilish.
- OJS'dagi DOI funksiyalarini konfiguratsiya qilish
- Jurnal uchun DOI prefix'ni tizimga kiritish
- DOI formatini jurnalga mos sozlash
- Crossref bilan ishlovchi OJS plaginlarini sozlash
- Crossref hisob ma'lumotlarini OJS bilan bog'lash
Yana 4 ta ish kiradiQisqartirish
- Maqola metadata'larini DOI yuborishga tayyorlash
- Test DOI/metadata yuborish jarayonini tekshirish
- Aniqlangan integratsiya xatolarini bartaraf etish
- Keyingi maqolalarga DOI biriktirish uchun tizimni ishchi holatga keltirish
Tarifga kirmaydi: Crossref membership olish va uning to'lovlari; eski maqolalarga ommaviy DOI biriktirish; katta hajmdagi eski metadata'larni qayta ishlash.
Batafsil ma'lumot
DOI nima va nega kerak?
DOI (Digital Object Identifier) maqolaga bir umrga beriladigan o'zgarmas identifikator. Maqolaning veb-manzili o'zgarsa ham, DOI havola ishlayveradi. DOI iqtibos tizimining asosi: usiz boshqa tadqiqotchilar maqolalaringizni ishonchli havola qila olmaydi.
- Maqolaga doimiy, o'zgarmas havola
- Iqtibos olish va kuzatishning asosi
- Xalqaro bazalar uchun odatiy talab
- Jurnalning ilmiy obro'sini oshiradi
Crossref va OJS integratsiyasi
Crossref DOI ro'yxatdan o'tkazuvchi yetakchi tashkilot. Jarayon ikki bosqichli: avval jurnal yoki nashriyot Crossref'ga a'zo bo'lishi kerak (biz membership arizasini tayyorlab topshiramiz, a'zolikni tasdiqlash Crossref'ning vakolatida). Keyin OJS platformasi DOI bilan ishlashga texnik sozlanadi va Crossref bilan bog'lanadi: yangi maqolalarga DOI biriktirish va metadata'ni yuborish ishchi holatga keltiriladi.
Biz nima qilamiz
Crossref'ga a'zolik arizasidan tortib OJS sozlamalarigacha jarayonni birga olib boramiz. Eski sonlardagi maqolalarga ommaviy DOI biriktirish alohida ish bo'lib, ish hajmiga qarab alohida baholanadi.
- Crossref membership arizasini tayyorlash va topshirish
- OJS'da DOI funksiyalari va DOI formatini sozlash
- Crossref hisob ma'lumotlarini OJS bilan bog'lash
- Test DOI/metadata yuborishni tekshirish va xatolarni bartaraf etish
Savollar
DOI qanday ishlaydi?
Har maqolaga noyob DOI beriladi (masalan, 10.xxxxx/abcd). Bu raqam Crossref bazasida maqolaning joriy manziliga bog'lanadi. Manzil o'zgarsa, baza yangilanadi va havola ishlayveradi.
DOI ulash jurnal sayti narxiga kiradimi?
Yo'q, bu alohida xizmatlar. DOI ni OJS saytiga ulash: 2 mln so'm. Crossref membership uchun ariza tayyorlash va topshirish: 3 mln so'm. Aniq tarkibi yuqorida ko'rsatilgan.
Crossref uchun yillik to'lov bormi?
Ha, Crossref'ning o'z rasmiy to'lovlari bor (membership va DOI registratsiyasi uchun). Ular xizmat narxiga kirmaydi va buyurtmachi tomonidan Crossref'ga alohida to'lanadi. Biz bu xarajatlarni ish boshlashdan oldin tushuntiramiz.
Eski maqolalarga ham DOI ulasa bo'ladimi?
Ha, jurnalning oldingi sonlaridagi maqolalarga ham DOI biriktirish mumkin. Bu ommaviy ish DOI ulash xizmatiga kirmaydi va hajmiga qarab alohida baholanadi.
Buyurtma berish
Ism va telefon raqamingizni qoldiring. O'zimiz bog'lanamiz.
