O'zbekistonda ilmiy jurnal ochish
Jurnal ochish 4 qadamdan iborat: jurnal sayti, davlat ro'yxati (OAV), ISSN va DOI. Har qadamda yordam beramiz, narxlari ochiq.
OJS jurnal sayti
2,5 mln so'm
dan boshlab, 2 ta tarif
OAV guvohnomasini olish
5 mln so'm
ISSN uchun ariza
3 mln so'm
Crossref membership uchun ariza
3 mln so'm
DOI ni OJS saytiga ulash
2 mln so'm
Domen, hosting, davlat boji va Crossref kabi uchinchi tomon to'lovlari narxga kirmaydi.
Batafsil ma'lumot
Ilmiy jurnal ochish bosqichlari
Zamonaviy ilmiy jurnal quyidagi bosqichlardan o'tadi. Har bir bosqichni alohida xizmat sifatida ham buyurtma qilish mumkin:
- OJS sayt: maqola qabul qilish, taqriz va chop etish platformasi
- OAV guvohnomasi: jurnalni axborot vositasi sifatida davlat ro'yxatiga olish
- ISSN: xalqaro standart seriya raqami (bosma va elektron)
- Crossref DOI: har maqolaga doimiy raqamli identifikator
Nimadan boshlash kerak?
Ko'pchilik uchun eng amaliy boshlanish nuqtasi jurnal veb-sayti. OJS (Open Journal Systems) sayti maqola qabul qilish, taqriz va arxiv ishlarini boshqaradi; xalqaro indekslar ham jurnalning to'g'ri ishlaydigan saytini talab qiladi. OJS sayt ikki tarifda: Oddiy (2,5 mln so'm) va Premium (5 mln so'm). Aniq tarkibini «OJS sayt yaratish» sahifasida ko'rishingiz mumkin.
Ish qanday kechadi
Jarayon to'rt bosqichda olib boriladi:
- Bog'lanish: telefon yoki Telegram orqali ehtiyojingizni aniqlab, mos xizmatni taklif qilamiz
- Kelishuv: narx, ish hajmi va muddat oldindan kelishiladi
- Ishga tushirish: saytni o'rnatamiz, sozlaymiz va jurnalingizga moslaymiz
- Topshirish va o'rgatish: tayyor saytni topshiramiz va tahririyat panelidan foydalanishni o'rgatamiz
Muddat va narx
Muddat tanlangan xizmat va ish hajmiga bog'liq, aniq muddat buyurtma paytida kelishiladi. OAV guvohnomasi va ISSN muddati davlat idoralarining ko'rib chiqish tezligiga bog'liq: odatda bir necha hafta. Narxlar yuqorida ochiq ko'rsatilgan; domen, hosting va davlat boji kabi uchinchi tomon xarajatlari alohida to'lanadi.
Savollar
O'zbekistonda ilmiy jurnal ochish uchun nima kerak?
Asosan: OAV guvohnomasi (davlat ro'yxatiga olish), ISSN raqami, jurnal veb-sayti (OJS) va tahririyat tarkibi. Keyinchalik Crossref DOI va indekslarga tayyorlash qo'shiladi. Bu bosqichlarning har birida yordam beramiz.
Jurnal ochish qancha vaqt oladi?
Muddat tanlangan xizmat va ish hajmiga bog'liq, aniq muddat buyurtma paytida kelishiladi. OAV guvohnomasi va ISSN davlat idoralarining ko'rib chiqishiga bog'liq: odatda bir necha hafta.
Ilmiy jurnal ochish qancha turadi?
OJS jurnal sayti 2,5 mln so'm (Oddiy) yoki 5 mln so'm (Premium). OAV guvohnomasini olish: 5 mln so'm. ISSN uchun ariza tayyorlash va topshirish: 3 mln so'm. Crossref membership uchun ariza: 3 mln so'm. DOI ni OJS saytiga ulash: 2 mln so'm. Domen, hosting, davlat boji va Crossref to'lovlari alohida to'lanadi.
Hamma bosqichni bitta joydan qildirsam bo'ladimi?
Ha. OJS saytdan boshlab OAV guvohnomasi, ISSN va DOI gacha bosqichlarda yordam beramiz. Xizmatlar bir-biridan mustaqil, kerakligini alohida tanlaysiz.
Buyurtma berish
Ism va telefon raqamingizni qoldiring. O'zimiz bog'lanamiz.
